USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Yaponiya Bosh vaziri O‘zbekiston Prezidentiga maktub yo‘lladi

Nashr qilingan sana: 06 11 2017

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubini yo‘lladi. Maktub matni Prezidentning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Bosh vazir Yaponiyada bo‘lib o‘tgan umumparlament saylovida qozonilgan g‘alaba munosabati bilan samimiy qutlab, shoshilinch tabrik yo‘llagani uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tashakkur bildirdi.

Sindzo Abe saylov murakkab vaziyatda o‘tganiga qaramasdan, Liberal-demokratik partiya g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgani va hamkorlikni davom ettirishidan g‘oyat mamnun ekanligini ta’kidlagan.

Maktubda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, mamlakatlarimiz oldida turgan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarda bundan keyin ham yaqindan hamkorlik qilish niyatida ekanligi aytilgan.                                                                               

Ko'rishlar soni

93