USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Urganch xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilindi

Nashr qilingan sana: 14 10 2017

Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Xorazm viloyatida ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu shahar ostonasidanoq ko‘zga tashlanadi. Xususan, Urganch xalqaro aeroporti zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilingan. Bir soatda 300 yo‘lovchini kuzatish va 300 yo‘lovchini kutib olishga mo‘ljallangan terminallar, xizmat ko‘rsatish xonalari, savdo shoxobchalari tashkil etilgan, yon-atrof obodonlashtirilgan. 


Davlatimiz rahbari topshirig‘iga muvofiq aeroportda rasmiy delegatsiyalar, xorijiy mehmonlarni kutib olish uchun zarur sharoit yaratilmoqda, deb xabar bermoqda O'zA. 

Prezidentimiz bu borada amalga oshirilgan ishlar va galdagi rejalar bilan tanishdi. Aeroport faoliyatini takomillashtirish, mehmonlar uchun qulayliklarni yanada oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

Ko'rishlar soni

66