USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Toshkentda Xitoy Kompartiyasi XIX syezdi yakunlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi

Nashr qilingan sana: 07 11 2017

Toshkent shahrida 6-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasining XIX syezdi yakunlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, mamlakatimizdagi vazirlik va idoralar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, siyosiy partiyalar, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari, XXR delegatsiyasi a’zolari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Shu yil 18-24-oktabr kunlari XXR Kompartiyasi XIX syezdi bo‘lib o‘tdi. Unda Si Szinpin partiya markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi lavozimiga qayta saylandi. Tadbirda Xitoyning keyingi besh yillik rivojlanish yo‘lini belgilab bergan mazkur syezd yakunlari, Xitoy taraqqiyot istiqbolida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, xususan, O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli va qat’iy ishonchga asoslangan hamkorlik istiqbollari haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangani kabi Xitoy Xalq Respublikasini taraqqiy ettirishning besh yillik istiqbollarida ham yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish masalasi tashqi siyosatda asosiy yo‘nalish sifatida belgilangani qayd etildi. Bu o‘zaro manfaatli investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Ko'rishlar soni

125