USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Toshkentda O‘zbekiston – Qozog‘iston diplomatik munosabatlari o‘rnatilganligining 25 yilligi nishonlanadi

Nashr qilingan sana: 30 10 2017

31-oktabr kuni poytaxtimizda “O‘zbekiston – Qozog‘iston: diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi” mavzuida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi, deb xabar tarqatdi O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qozog‘iston Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro anjumanda vazirlik va idoralar, mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpuslar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, ikki mamlakat nufuzli tahliliy markazlari rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ikki davlat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari tobora mustahkamlanmoqda. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning 16–17-sentabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat prezidentlarining qo‘shma bayonoti qabul qilingan edi. Ushbu hujjatda ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligini keng nishonlash ko‘zda tutilgandi.

Anjumanning sho‘ba yig‘ilishlarida siyosat, iqtisod, transport sohalarida hamkorlikning istiqbollari, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarning davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashdagi roli kabi masalalar ochiq va konstruktiv ruhda muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ko'rishlar soni

219