USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

TIVda Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Nashr qilingan sana: 07 11 2017

Joriy yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Xalqaro aloqalar kanselyariyasi boshlig‘ining yordamchisi Shen Beyli boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Xitoy Elchisi Sun Litze ishtirok etdi, deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalarning muhim masalalari ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanganidek, XXR rivojlanishida yangi davrga o‘tilganini belgilab bergan Xitoy Kommunistik Partiyasining 19-syezdi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunlagani o‘zaro manfaatlarni aks ettirgan ikki tomonlama munosabatlarning barcha sohalarda izchil chuqurlashishi uchun yangi istiqbollarni ochishi haqida so‘z bordi.

Ko'rishlar soni

83