Nashr qilingan sana: 23 10 2017
Bugun tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh elchisi Pamela Spratlenni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sentabr oyidagi Nyu-York shahriga tashrifi va AQSh ishbilarmonlari bilan uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Shuningdek, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada AQShning nufuzli delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.