USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining XII yig‘ilishi Toshkentda bo‘lib o‘tdi

Nashr qilingan sana: 26 10 2017

Toshkent shahrida 2017-yil 25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining XII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining qonun ustuvorligi, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ushbu sohada tajriba almashish borasidagi hamkorligini yanada faollashtirishga qaratilgan qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Tomonlar ShHTga a’zo davlatlar Oliy sudlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish ishonch, do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik, o‘zaro anglashuv, ShHT Xartiyasi, ShHTga a’zo davlatlarning uzoq istiqbolga mo‘ljallangan yaxshi qo‘shnichiligi, do‘stligi va hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma hamda Shanxay hamkorlik tashkilotini 2025-yilgacha rivojlantirish Strategiyasiga muvofiq mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari asosida amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ShHTga a’zo davlatlar sud hokimiyati oliy organlari hamkorligi istiqbollari to‘g‘risida Qo‘shma bayonot imzolandi.      

 

Ko'rishlar soni

185