USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

ShHT Bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Nashr qilingan sana: 09 11 2017

Joriy yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi, deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.

ShHT Bosh kotibi 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” muvzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

Suhbat davomida xalqaro forum kun tartibi hamda ShHT va tashkilot organlarining Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash masalalarini hal qilishdagi ishtirokining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Shanxay hamkorlik tashkilotini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Ko'rishlar soni

98