USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Shavkat Mirziyoyev: Xorazm viloyatining iqtisodiy salohiyati yanada yuksaladi

Nashr qilingan sana: 14 10 2017

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini 2018-2019-yillarda kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi, deb xabar bermoqda OzA.

Bunda asosiy e’tibor viloyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rin olgan. 

Bo‘sh turgan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida yangi tashkil etiladigan va amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida ham ma’lumotlar taqdim qilindi. 

Urganch tumanida yiliga 1,2 ming tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda 900 ming dona quyon terisini qayta ishlashga ixtisoslashgan "Xorazm quyon savdo" agrofirmasi tashkil etiladi. Qiymati 1,8 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi va 2018-yil oxirida to‘liq quvvat bilan ishga tushiriladi. 

Prezidentimizga "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan Xorazm viloyatida 2018-2019-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan, qiymati 205 million dollarlik 10 ta loyiha haqida ham so‘zlab berildi. 

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan Shovot tumani Buyrachi qishlog‘ida parrandachilik majmuasi, sut va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi qurilmoqda. 

Taqdimotda kam ta’minlangan oilalarning qoramol va parranda boqish, tomorqada sabzavot mahsulotlari yetishtirishdagi ishtirokini faollashtirishga qaratailgan ijtimoiy loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. 

 

Ko'rishlar soni

108