USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Shavkat Mirziyoyev Vetnam Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Nashr qilingan sana: 08 11 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vetnamning janubiy va markaziy mintaqalarida vayronkor to‘fon yuz berib, ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Chan Day Kuangga ta’ziya izhor etdi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida.

Vetnam markaziga yopirilgan “Damri” tayfuni 47 kishining umriga zomin bo‘ldi, yana 21 kishi bedarak yo‘qolgan.

Ko'rishlar soni

130