USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Shavkat Mirziyoyev Turkiya bosh vaziri bilan uchrashdi

Nashr qilingan sana: 27 10 2017

O‘zbekiston Prezidenti  Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi bosh vazirini qabul qildi. 

Binali Yildirim bilan uchrashuvda 25-oktabr kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotda hamkorlikning bugungi holati xolisona baholanib, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingani ta’kidlandi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, yuk tashish, sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir 20 dan ziyod hujjatlar imzolangani yuqori baholandi. 
Muloqotda mazkur kelishuvlarni amalga oshirish, ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. Tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi O‘zA.

Ko'rishlar soni

342