USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Shavkat Mirziyoyev Texasdagi otishma munosabati bilan Donald Trampga hamdardlik bildirdi

Nashr qilingan sana: 07 11 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika qo‘shma shtatlarining Sazerlend Springs shahridagi “Birinchi Baptist Cherkovida” yuz bergan otishma oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidenti Donald Trampga ta’ziya izhor etdi.

 Texas shtatida uyushtirilgan ommaviy qotillik yuzasidan yo‘llangan maktubda “O‘zbekiston bunday g‘ayriinsoniy va vahshiy zo‘ravonlik aktlarini qat’iy qoralaydi, ularni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi deb hisoblaydi”, — deyiladi.

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlari va qarindoshlariga ta’ziya izhor qildi, jabrlanganlar tez muddatda tuzalib ketishini tilab qoldi. Bu haqda Prezidentning rasmiy veb-saytida xabar berilgan.

Ko'rishlar soni

96