USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Shavkat Mirziyoyev: Sharof Rashidov murakkab davrning matonatli shaxsi

Nashr qilingan sana: 06 11 2017

Jizzax shahrida Sharof Rashidovning memorial muzeyini tashkil etish va muzey hududini obodonlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Davlatimiz rahbari Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi oldidan qayta qurib bitkazilgan mazkur muzeyda bo‘lib, bu yerdagi ekspozitsiyalar va  yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, deyiladi O‘zA xabarida.

Qurilish-ta’mirlash ishlari doirasida muzey binosi kengaytirildi, atoqli davlat arbobi va yozuvchining hayot yo‘li va ijodiga daxldor 2 ming 700 dan ortiq eksponat bilan ta’minlandi.

Muzey yoniga Sharof Rashidov davlat xizmati chog‘ida foydalangan poyezd vagoni o‘rnatildi. Undagi sharoit va buyumlar asl holicha saqlangan.

Muzeyda namoyish etilayotgan eksponatlar Sharof Rashidovning bolalik davri, talabalik yillari, muharrirlik davri, O‘zbekistonda cho‘l va qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish, qurilish jarayonidagi faol ishtiroki, ijtimoiy-siyosiy va adabiy faoliyati hamda boshqa mavzularga bag‘ishlangan o‘nta bo‘limga ajratilgan.

Bo‘limlarda atoqli davlat arbobining fotosuratlari, dastxatlari tushirilgan kitoblar, yorqin xotirasiga oid turli buyumlar va boshqa ko‘plab eksponatlar namoyish etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov  memorial muzeyi faxriy mehmonlar kitobiga o‘z fikr va taassurotlarini yozib qoldirdi.

Unda shunday so‘zlar bor: «Xalqimizning buyuk farzandi, atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov el-yurtimiz uchun fidoyi rahbar, betakror va benazir shaxs edi…

Har qanday murakkab sharoitda ham el-yurtimiz manfaatini o‘ylab yashagan Sharof Rashidovning buyuk xizmatlari xalqimiz xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

Bugun Jizzax shahrida ish boshlayotgan Sharof Rashidov memorial muzeyi ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi, deb ishonaman».

Ko'rishlar soni

157