USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Shavkat Mirziyoyev MDHning tinch atom sohasidagi yondashuvlarni yaqinlashtirish haqidagi kelishuvini tasdiqladi

Nashr qilingan sana: 06 11 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik tartibga solish, mos kelishni baholash, standartlashtirish, akkreditatsiya va metrologik ta’minot bo‘yicha yondashuvlarni yaqinlashtirish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi.

Shu maqsadda Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2-noyabrda “Xalqaro kelishuvni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Ushbu hujjat 2017-yil 26-mayda Qozon shahrida MDH davlatlari tomondan imzolangan.

Prezident O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarni bexatar olib borilishini nazorat qilish inspeksiyasi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligini xalqaro kelishuvni amalga oshirish uchun javobgar organlar qilib belgiladi.

Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida me’yoriy-huquqiy va me’yoriy-texnik tartibga solish, mos kelishni baholash, standartlashtirish, akkreditatsiya va metrologik ta’minot bo‘yicha kelishuvning ishtirokchi davlatlari tomonidan yondashuvlarni yaqinlashtirishni amalga oshirish tomonlar bu yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni belgilovchi qo‘shimcha kelishuvlarni qabul qilishlari yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Prezident O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston tomondan ushbu xalqaro kelishuv kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki jarayonlar bajarilgani haqida tegishli bildirish xatini depozitariyga yo‘llash topshirig‘ini berdi.

Ko'rishlar soni

122