USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga keldi

Nashr qilingan sana: 06 11 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etish uchun Jizzax shahriga keldi, deb xabar beradi O‘zA.

Mamlakatimizning barcha hududlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar Jizzax temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Jizzaxda bu voqeaga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Sharof Rashidov nomi bilan ataluvchi maydon va muzeyda ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Ko‘cha va xiyobonlar bayramona bezatilgan.

Dastlab Sharof Rashidov xotirasiga ehson dasturxoni yozilib, Qur’on tilovat qilindi.

Ko'rishlar soni

160