USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Shavkat Mirziyoev: «Xitoyda 8 sotix eri bor odam badavlat hisoblanadi»

Nashr qilingan sana: 18 03 2018

Prezident Shavkat Mirziyoev Ishtixon tumani Xina qishlog'ida yashovchi Toshquvvat Rajabov xonadoniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Etmish yoshdan oshgan Toshquvvat otaning tomorqasini ko'rgan odamning havasi keladi. Hamma joy saranjom-sarishta. Mevali daraxtlar, meva-sabzavotlar ekilgan. Mo'`jazgina issiqxona tashkil etilgan.

Shavkat Mirziyoev: «Xitoyda 8 sotix eri bor odam badavlat hisoblanadi»

Bir gapni har doim aytaman: hech kim chetdan kelib bizga bir narsa qilib bermaydi, dedi Shavkat Mirziyoev. Boqimandalik, befarqlik eng yomon illatlar. Dunyoda harakatsiz boy bo'lgan davlat ham, xonadon ham yo'q-ku! Biz ham farovonlikka faqat o'z mehnatimiz, o'z harakatimiz bilan erishishimiz mumkin.

Mana, masalan, Xitoyda 8 sotix eri bor odam badavlat hisoblanadi. Bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Undan samarali foydalanilsa, xalqimiz bemalol boy yashasa bo'ladi. Biz odamlarni ish bilan ta`minlash, oilalarga daromad manbai yaratish haqida o'ylayapmiz. Tomorqa – tayyor ishchi joy, tayyor daromad, deya ta`kidladi Prezidentimiz.

Shavkat Mirziyoev tomorqachilik bo'yicha Samarqand tajribasi qilish, aholiga ko'chat va urug' tarqatish, o'simliklarni kimyoviy vositalar bilan ta`minlash bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

Ko'rishlar soni

208