USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Shavkat Mirziyoev ishtixonlik Toshquvvat Rajabov xonadonida bo'ldi

Nashr qilingan sana: 18 03 2018

Prezident Shavkat Mirziyoev Ishtixon tumani Xina qishlog'ida yashovchi Toshquvvat Rajabov xonadoniga tashrif buyurdi. 



Etmish yoshdan oshgan Toshquvvat otaning tomorqasini ko'rgan odamning havasi keladi. Hamma joy saranjom-sarishta. Mevali daraxtlar, meva-sabzavotlar ekilgan. Mo'`jazgina issiqxona tashkil etilgan. 

Bir gapni har doim aytaman: hech kim chetdan kelib bizga bir narsa qilib bermaydi, dedi Shavkat Mirziyoev. Boqimandalik, befarqlik eng yomon illatlar. Dunyoda harakatsiz boy bo'lgan davlat ham, xonadon ham yo'q-ku! Biz ham farovonlikka faqat o'z mehnatimiz, o'z harakatimiz bilan erishishimiz mumkin. 

Mana, masalan, Xitoyda 8 sotix eri bor odam badavlat hisoblanadi. Bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Undan samarali foydalanilsa, xalqimiz bemalol boy yashasa bo'ladi. Biz odamlarni ish bilan ta`minlash, oilalarga daromad manbai yaratish haqida o'ylayapmiz. Tomorqa – tayyor ishchi joy, tayyor daromad, deya ta`kidladi Prezidentimiz. 

Shavkat Mirziyoev tomorqachilik bo'yicha Samarqand tajribasi qilish, aholiga ko'chat va urug' tarqatish, o'simliklarni kimyoviy vositalar bilan ta`minlash bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

 


 

Ko'rishlar soni

163