USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Shavkat Mirziyoev Filippin prezidentiga hamdardlik bildirdi

Nashr qilingan sana: 26 12 2017

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Filippin Respublikasida vayronkor toshqin va er ko'chishi yuz berib, ko'plab insonlar qurbon bo'lgani munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidenti Rodrigo Dutertega ta`ziya izhor etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.


Oxirgi ma`lumotlarga ko'ra, Filippinda «Tembin» tropik to'fon keltirib chiqargan toshqin va ko'chkilar oqibatida 240 kishi halok bo'lgan. Yana 100 kishi bedarak yo'qolgan.

Ko'rishlar soni

197