USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Senatda Saudiya Arabistoni Maslahatlashuv kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Nashr qilingan sana: 07 11 2017

Joriy yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi yuqori palata raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hamda Maslahatlashuv kengashining Saudiya Arabistoni-O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ahmad bin Muhammad Abush al-G‘omidiy boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan, parlament munosabatlarini, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr almashildi.

Tomonlar ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga yangi turtki berishiga ishonch bildirdi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabarida.

Ko'rishlar soni

132