USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Nashr qilingan sana: 07 11 2017

Joriy yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Saudiya Arabistoni Podshohligining Maslahatlashuv kengashi (Parlamenti) a’zosi, Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ahmad bin Muhammad Abush al-G‘omidiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash istiqbollari nuqtayi nazaridan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda 2017-yil 21-may kuni Ar-Riyod shahrida Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan uchrashuvi ikki davlat muloqotini chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochib bergani qayd etildi

Uchrashuv davomida kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Ko'rishlar soni

110