USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Sankt-Peterburg gubernatori O‘zbekistonga keladi

Nashr qilingan sana: 25 10 2017

Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko shu yilning noyabr oyida Toshkentga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Bu haqda Sputnik agentligi O‘zbekistondagi Rossiya savdo vakolatxonasidagi manbasiga asoslanib xabar tarqatgan.

Tashrif sanasi va rejalashtirilgan uchrashuvlar dasturi ma’lum emas. Vakolatxona ayni paytda oktabr-noyabr oylarida biznes-missiyalarning bir qator rasmiy uchrashuvlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekistonga viloyatlar darajasidagi tashrif so‘nggi marta 2011-yilda amalga oshirilgan bo‘lib, Tambov viloyati gubernatori yurtimizga kelgan edi.

2017-yilning 5-aprelida O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrifi davomida hukumatlararo hujjatlar imzolanganidan so‘ng esa joriy yilning o‘zida ikki mamlakat viloyatlari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar tashrifi 8 marta amalga oshirildi. Yil oxiriga qadar yana beshta tashrif rejalashtirilgan.

Ko'rishlar soni

203