USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

Nashr qilingan sana: 07 11 2017

Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahridaMarkaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yolidagi hamkorlikmavzusida xalqaro konferensiya bolib otadi, deyiladi OzA xabarida.

Tashkiliy qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, yirik xalqaro tadbir ishida 500 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari, MDH, Yevropa, Osiyo va Amerika davlatlarining nufuzli rasmiy delegatsiyalari, BMT, YXHT, ShHT, MDH, YTTB kabi 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar rahbariyati, 100 ga yaqin taniqli xalqaro ekspertlar va yetakchi xorijiy OAV vakillari, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus a’zolari qatnashadi.

Forum dasturiga muvofiq, BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha, BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Jihan Sultanoglu, YeI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Yevropa komissari Neven Mimitsa, YeXHT Bosh kotibi Tomas Greminger, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va boshqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari ishtirokchilarga murojaat qiladi.

Shuningdek, konferensiyada Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy, AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha katta direktori Liza Kyortis va xorijiy mamlakatlarning boshqa rasmiy vakillari so‘zga chiqadi.

Ko'rishlar soni

109