USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Nashr qilingan sana: 27 10 2017

Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Dmitriy Rogozin O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan keladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Aytilishicha, rossiyalik siyosatchi Toshkentga 27-oktabr kuni yetib keladi. Ushbu ishchi tashrif bir necha soat davom etadi.
Rogozin Toshkentda o‘tkazadigan uchrashuvlar qanday mavzuga bag‘ishlanishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Ammo muzokaralar davomida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Toshkentga tashrifiga tayyorgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi ma’lum.

Ko'rishlar soni

220