USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Nashr qilingan sana: 09 11 2017

8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi.

Qirg‘iziston delegatsiyasi mamlakatimizga Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” muvzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.

Turli darajalardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston aloqalarining davomi sifatida bo‘lib o‘tgan suhbatda Bishkek va Toshkent shaharlarida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining oliy darajadagi uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga va hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga asosiy e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyaga oid ayrim masalalar va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Ko'rishlar soni

98