USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Prezident Shavkat Mirziyoev Vladimir Putinni Prezident saylovida erishgan ishonchli g'alabasi bilan qutladi

Nashr qilingan sana: 19 03 2018

Prezident Shavkat Mirziyoev Vladimir Putinni Prezident saylovida erishgan ishonchli g'alabasi bilan qutladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni Prezident saylovida erishgan ishonchli g'alabasi bilan qutladi. 

Davlatimiz rahbarining qutlovida bo'lib o'tgan saylov natijalari Vladimir Putin rahbarligida amalga oshirilayotgan har tomonlama o'ylangan, Rossiya jamiyatini birlashtirish, odamlar turmush darajasini yuksaltirish, iqtisodiyot, infratuzilma va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, davlat suverenitetini qat`iy himoya qilish va Rossiya Federatsiyasining jahonda muhim o'rin tutgan davlat sifatidagi rolini mustahkamlashga qaratilgan siyosatga Rossiya xalqi tomonidan ulkan ishonch bildirilayotgani va har tomonlama qo'llab-quvvatlanayotganini yana bir bor namoyish etgani qayd etilgan. 

Tomonlarning yaqin muloqoti, siyosiy irodasi hamda amaliy hamkorlikni tubdan kengaytirishga birdek intilishi O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlagani alohida ta`kidlandi. 

  

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.

Ko'rishlar soni

176