USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston va Rossiya strategik tadqiqotlar institutlari o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolaydi

Nashr qilingan sana: 08 11 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Rossiya strategik tadqiqotlar instituti hamkorlik borasidagi kelishuv tayyorlamoqda. Ushbu hujjat “Markaziy Osiyo:  yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” muvzusidagi xalqaro konferensiya doirasida imzolanadi.

Joriy yilning sentabr oyida Moskva shahrida ikki institut xodimlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda har ikki tashkilot orasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr almashilgan edi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar Moskva va Toshkent o‘rtasida kelgusida har tomonlama hamkorlik uchun yangi bosqichni yaratayotgani ta’kidlangandi. Bu haqda institutning feysbukdagi sahifasida ma’lumot berilgan.

10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan konferensiya doirasida Rossiya strategik tadqiqotlar instituti direktori muovini O.Petrovskaya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda ikki tomonlama hamkorlikni ta’minlovchi hujjat imzolanadi.

Ko'rishlar soni

108