USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston va Ispaniya hukumatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

Nashr qilingan sana: 14 11 2017

13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Madrid shahrida Ispaniya Qirolligi savdo bo‘yicha davlat kotibi Mariya Luisa Ponsela bilan uchrashdi, deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.

Muzokaralar davomida hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Suhbatda ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va Ispaniya investitsion aloqalarni kengaytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi va nomenklaturasini ko‘paytirish uchun yetarlicha imkoniyatlarga ega bo‘lib, 2017-yilning yanvar-iyul oylarida bu ko‘rsatgich 71,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Uchrashuv va shu kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston hamda Ispaniya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi biznes-forumda iqtisodiyotning turli sohalarida birgalikdagi va o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni amalga oshirishning istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Ispaniya hukumatlari o‘rtasida iqtisodiyot va sanoat sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ispaniya Savdo palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Ko'rishlar soni

81