USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O’zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirlari o’zaro hamkorlik dasturini imzolashdi

Nashr qilingan sana: 18 10 2017

Shu yilning 17-oktabr kuni Tehronga rasmiy tashrif bilan borgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilib, xalqaro va mintaqa siyosati muammolari yuzasidan fikr almashdilar, deb xabar beradi mamlakatimiz TIV matbuot xizmati. Suhbat chog‘ida 2017-yil 11-sentabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti sammitida ishtiroki doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning uchrashuvi O‘zbekiston-Eron muloqoti faollashishiga yangi turtki berganligi ta’kidlandi.

Vazirlar tomonlar uchun ahamiyatga ega barcha sohalarda aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyorligini tasdiqlab, O‘zbekiston va Eronning BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Mazkur muzokaralar yakunida har iki davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan o‘rtasida 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolandi.

Ko'rishlar soni

166