USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston va Armaniston bosh vazirlari diplomatik vakolatxonalar ochish haqida muzokaralar olib bordi

Nashr qilingan sana: 06 11 2017

Joriy yilning 3-noyabr kuni ikki davlat bosh vazirlari — Abdulla Aripov va Karen Karapetyanning Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida so‘z bordi, deyiladi Armaniston hukumatining rasmiy xabarida.

Karen Karapetyan Armaniston O‘zbekiston bilan munosabatni faollashtirishga qiziqish bildirayotganini, tomonlar biznes jamoatlari, savdo-sanoat palatalari va maxsus rivojlanish agentliklari orqali aloqalarni rivojlantirishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Jumladan, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzish muhimligi aytildi.

Ikki davlat hukumatlarining rahbarlari turizm sohasidagi hamkorlik masalasini ham muhokama qildi. Xususan, ular Toshkent – Yerevan yo‘nalishi bo‘yicha samolyot qatnovini yo‘lga qo‘yish va diplomatik vakolatxonalar ochish masalalarida muzokaralar o‘tkazishdi.

Ko'rishlar soni

108