USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga yetib keldi

Nashr qilingan sana: 25 10 2017

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi.

Anqara shahridagi Esonbug‘a xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidentini Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bozdag‘ kutib oldi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalar uchun qulay sharoitlar yaratish, sayyohlar almashinuvi va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasining Istanbul shahriga tashrif buyurishi ham ko‘zda tutilgan.

Ko'rishlar soni

408