USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston elchisi Britaniya qirolichasiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Nashr qilingan sana: 27 10 2017

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Shayxov qirolicha Yelizavetaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Qirollik oilasining Twitter’dagi sahifasida qoldirilgan xabarga ko‘ra, tantanali marosim Britaniya monarxlari qarorgohi — Bukingem saroyida bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Shayxov 2017-yilning iyul oyida O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlangan edi. Bungacha u O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga rahbarlik qilgan.

Ko'rishlar soni

119