USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

The Nikkei: O'zbekiston qo'shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlamoqda

Nashr qilingan sana: 31 12 2017

Yaponiyaning «The Nikkei» nashri O'zbekistonning qo'shni davlatlar bilan aloqalarining mustahkamlanishi Markaziy Osiyoning ko'rinishini o'zgartirishi va mintaqaning xalqaro maydondagi ta`sirini oshirishi mumkinligini ta`kidlamoqda. Ushbu mavzudagi maqolada Prezident Shavkat Mirziyoevning Samarqand shahrida bo'lib o'tgan xalqaro anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari orasida oliy darajadagi uchrashuvlarni muntazam o'tkazib borish bo'yicha bergan taklifi mamlakatning bunday hamkorlikda etakchi rolь o'ynashga intilayotganini ko'rsatadi va jiddiy diplomatik o'zgarishlarga olib kelishi ta`kidlanadi.


«The Nikkei», O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning qo'shni davlatlar bilan hamkorlikning mustahkamlanishi xavfsizlik va chegara muammolarini echish hamda mintaqada transport infrastrukturasini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga egaligi haqidagi so'zlariga tayangan holda, O'zbekiston xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga yordam beradigan muhit yaratish, bu borada mamlakat o'z iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, valyuta tizimini erkinlashtirishga intilayotganini ta`kidlaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

Matbuot xizmati

Ko'rishlar soni

291