USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Nashr qilingan sana: 08 11 2017

Joriy yilning 8-9-noyabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov O‘zbekistonga keladi, deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.

10-noyabr kuni mintaqaning besh davlati tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida ishtirok etadilar va 10-11-noyabr kunlari “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada nutq so‘zlaydilar.

Ko'rishlar soni

149