USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Geologiya-qidiruv ishlari yuzasidan dolzarb vazifalar belgilab berildi

Nashr qilingan sana: 14 11 2017

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-noyabr kuni geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, mineral-xomashyo va qimmatbaho metallar resurs bazasi hamda ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha muhim strategik loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Yig‘ilishda geologiya sohasining bugungi holati tanqidiy tahlil qilindi. Yer qa’ridan oqilona foydalanish, muhofaza qilish va konchilikni boshqarishda aniq mexanizm mavjud emasligi, bu sohaga yetarlicha e’tibor berilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Bu sohada ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining butunlay yangi tuzilmasi va yo‘nalishlarini ishlab chiqish, salohiyatini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz tog‘-kon sanoatining uzoq muddatli istiqbollariga, sohaning hududlarda sanoatni rivojlantirishdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratdi. Tarmoqqa chet el investitsiyalarini faol jalb etish, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va qayta ishlash hajmini oshirish, yangi korxonalar tashkil etish va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda geologiya-qidiruv ishlarini ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil etish, ishga solinmagan imkoniyatlardan foydalanish, sohaning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini yanada oshirish masalalari tahlil qilindi. Vazirlik, qo‘mita va kombinatlar oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Ko'rishlar soni

262