USD = 8163.93 SUM   EUR = 9978.77 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Favqulodda vaziyatlar vaziri Moskva shahriga tashrif buyurdi

Nashr qilingan sana: 24 12 2017

Joriy yilning 22-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ikki tomonlama hamkorlik doirasida O'zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo'rayev Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.


Tashrif doirasida Rustam Jo'rayev Rossiya Federatsiyasi FVV Milliy Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, kelgusida doimiy axborot almashinuvini yo'lga qo'yish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Milliy boshqaruv markazi hamda O'zbekiston Respublikasi FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazlari o'rtasida videokonferentsiya yig'ilishi o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.

Ko'rishlar soni

79