USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Erdo‘g‘on: O‘zbekiston Prezidentining tashrifi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi

Nashr qilingan sana: 26 10 2017

Turkiya prezidenti so‘nggi O‘zbekiston rahbarlarining 20 yil ichidagi birinchi tashrifidan mamnun ekanligini ta’kidladi, deb xabar beradi “Anadolu” axborot agentligi.

“Toshkent barcha masalalar bo‘yicha ishonchli strategik hamkordir”, deydi Turkiya rahbari. 31.5 million aholi istiqomat qiluvchi mamlakatimiz dunyoda tabiiy gaz zahirasi bo‘yicha yettinchi, uran zahirasi bilan to‘rtinchi o‘rinni egallashini eslab o‘tdi. Shuningdek, mamlakat paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoda oltinchi, uni eksport qilish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda ekanligini ham ta’kidladi.

Turkiya Respublikasi rahbari Anqara va Toshkent o‘rtasidagi savdo hajmi 2016-yilda 1.2 milliard dollar, joriy yilning 8 oyida esa 900 million dollarni  tashkil etgani ham qayd etdi.

Ko'rishlar soni

170