USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtiradi

Nashr qilingan sana: 26 10 2017

Rossiya Federatsiyasi  hukumati rahbari Dmitriy Medvedev keyingi hafta O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, deb xabar beradi  Rossiyaning “MK” nashri.

Tashrif chog‘ida Dmitriy Medvedev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. 3-noyabr kuni MDH hukumatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar 2-noyabrga mo‘ljallangan. Uchrashuv chog‘ida o‘zaro aloqalarning rivojlanish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra hukumatlararo, idoralararo va korporativ hujjatlar paketi imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Ko'rishlar soni

146