USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Afg‘oniston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘ldi

Nashr qilingan sana: 09 11 2017

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi.

Unda Afg‘oniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan yo‘llangan tabrik g‘oyat mamnun etgani aytilgan.

Afg‘oniston mamlakatlarimizni yanada yaqinlashtirish va iqtisodiyotimizni rivojlantirishga xizmat qiladigan qo‘shma loyihalar ustida ishlashni davom ettirishi qayd etilgan.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz uchun Sizga yana bir bor tashakkur izhor etaman. Bu hamkorlik bundan keyin ham faqat kengayib boraverishiga ishonchim komil”, deyiladi maktubda.

Ko'rishlar soni

91