USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Abdulla Aripov Ozarbayjonga tashrif buyuradi

Nashr qilingan sana: 30 10 2017

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri “Baku—Tbilisi—Kars” temir yo‘l yo‘nalishining ochilish marosimida ishtirok etadi. Bosh vazir rahbarligidagi delegatsiya 30-oktabr kuni Ozarbayjon Respublikasiga tashrif buyurishi haqida TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu marosimda Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya prezidentlari hamda Gruziya bosh vaziri ishtirok etadi.

“Baku—Tbilisi—Kars” temir yo‘l yo‘nalishi Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya davlatlarining o‘zaro kelishuvi asosida qurildi. Ushbu yo‘nalish orqali yiliga 17 million tonna yuk tashish imkoni mavjud. Dastlabki bosqichda 1 million yo‘lovchi va 6.5 million tonna yuk tashiladi. Xitoydan Yevropaga yuk tashish vaqtini 25-30 kundan 12-15 kunga qisqartiruvchi ushbu yo‘nalishning qurilishini yakunlash 2016-yilga mo‘ljallangan edi, so‘ng 2017-yilning ikkinchi yarmiga ko‘chirilgan edi.

Ko'rishlar soni

274