USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Abdulaziz Komilov Eron prezidenti bilan uchrashdi

Nashr qilingan sana: 19 10 2017

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasining Eronga tashrifi davom etmoqda. 18-oktabr kuni davlat rahbari Hasan Ruhoniy Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar beriladi TIV saytida.


Muloqot chog'ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqa siyosatiga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

Ko'rishlar soni

245