USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Piyodalar o‘tish yo‘lagida harakatlangani uchun transport vositasi haydovchilariga jarima bormi?

Nashr qilingan sana: 16 10 2017

Piyodalar o‘tish yo‘lagida harakatlangani uchun transport vositasi haydovchilariga jarima bormi? Bunday holatda piyoda qanday qilib o‘z huquqini himoya qilishi va xavfsizligini ta’minlashi mumkin?

S.Rahimova, Samarqand shahri.

 

— O‘zbekiston Respublikasi yo‘l harakati qoidalarining 72-bandiga muvofiq transport vositalari ajratilgan bo‘lak va yo‘l yoqasi, trotuar va piyodalar yo‘lagida harakatlanishi taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan transport vositasi haydovchilari piyodalar yo‘lagida harakatlangani uchun eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima to‘laydi. Ushbu qoidabuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng bir yil mobaynida sodir etsa, eng kam ish haqining 1 barobaridan 4 barobarigacha jarima yoki transport vositasidan foydalanish huquqidan 6 oy muddatga mahrum etish choralari ko‘riladi. Piyoda qoidabuzarlik yuzasidan yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga murojaat qilishi mumkin. Bunda uning tasdiqlovchi foto yoki video tasviri, shuningdek, guvohlari bo‘lishi talab etiladi.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi inspektori mayor Alisher Abduqodirov

 

Ko'rishlar soni

355