USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Buxoro viloyati

Buxoro tumanida viloyatda amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti o'tkazildi. Chorvachilik, parrandachilik, ipakchilik, echkichilik, asalchilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, paxta maydonlarini qisqartirish va meva-sabzavot etishtirishni ko'paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish, erlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan rejalar haqida ma`lumot berildi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 22-iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017-2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash borasida “Buxorgaz” korxonasi ma’lumotlarida keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilganligi qayd etilgan.

 

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida 2016-2017-o‘quv yilida 26166 o‘quvchi, shundan 12640 nafari qizlar, kollejlarni bitirgan. Ularning aksariyati bitiruvchi, ish beruvchi va hokimliklar tomonidan to‘rt tomonlama shartnoma asosida korxona, tashkilot va muassasalarda o‘z mehnat faoliyatini boshlagan.      

22-oktabr kuni Buxoro shahrida “Buxoro shahri kuni” festivali o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar bermoqda.