USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Prezidentning "Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori e`lon qilindi

Nashr qilingan sana: 17 03 2018

16 mart kuni O'zbekiston Prezidentining "Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori e`lon qilindi.


Hujjat bilan “Bunyodkor” stadioni barcha bino va inshootlari majmuasi bilan birga futbol bo'yicha milliy terma jamoalar uchun o'quv-mashq jarayonini tashkil qilish va sport musobaqalari va boshqa tadbirlarni o'tkazish yuzasidan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining asosiy bazasi etib belgilandi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari, shuningdek, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi tashkil qilinadi.

O'zbekiston Futbolini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hamda uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallarini tugatilib, bo'shagan mablag'lar O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yo'naltiriladi.

Qarorga ko'ra, ikki oy muddatda mahallalarda futbol maydonlari qurilishini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurilishini nazarda tutuvchi dastur loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

O'zbek futbolining 105 yilligiga bag'ishlab Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida zamonaviy futbol stadioni quriladi. Shuningdek, Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi “Sijjak” dam olish maskani negizida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida futbol bo'yicha milliy terma jamoalar uchun o'quv-mashg'ulot bazasini tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlaridagi futbol bo'limlarini qisqartiriladi va bo'shayotgan o'quvchi qabul qilish kvotalarini olimpiya va milliy sport turlariga, shu jumladan sportning o'yin turlariga yo'naltiriladi. 

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va o'smirlar futbol akademiyasini “Bunyodkor” stadioniga joylashtirishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini tayyorlanadi.

2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar: 

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo'linmalari, "O'zbekiston Professional futbol ligasi" jamoat birlashmasi va professional futbol klublari – barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy ajratmalarni; 

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo'linmalari, "O'zbekiston Professional futbol ligasi" jamoat birlashmasi va professional futbol klublari – belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro'yxatga muvofiq futbol bo'yicha sport ob`ektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur bo'lgan, O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari va maxsus professional sport kiyimlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalarini olib kirganlik uchun bojxona to'lovlarini (bojxona yig'imlaridan tashqari); 

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo'linmalari, "O'zbekiston Professional futbol ligasi" jamoat birlashmasi va professional futbol klublari tomonidan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini to'lashdan ozod qilindi. 

Ko'rishlar soni

261