USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Miroslav Yencha: BMT O‘zbekiston bilan hamkorlikni izchil davom ettirish va yanada kengaytirish tarafdori

Nashr qilingan sana: 10 11 2017

– O‘zbekiston bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorligida misli ko‘rilmagan o‘sish kuzatilmoqda. Joriy yilning o‘zida oliy va yuqori darajadagi qator tashriflar amalga oshirildi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning O‘zbekistonga tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasidagi ishtiroki ularning orasida eng muhimlari bo‘ldi.

BMT O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu islohotlar samarasi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga mos keladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlik har tomonlama rivojlanmoqda. Bu butun mintaqa mamlakatlari farovonligini oshirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiya ham shu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Unda ko‘plab davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etayotgani diqqatga sazovor. Bu mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, turli masalalarni hal etish va istiqboldagi maqsadlarni belgilash bo‘yicha fikr almashish uchun qulay maydon bo‘ladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikni izchil davom ettirish va yanada kengaytirish tarafdoridir, deydi BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha.