USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“Tashkent Fashion Week 2017” moda haftaligi bo‘lib o‘tadi

Nashr qilingan sana: 27 10 2017

14-noyabr kuni Toshkentda olti kunlik moda haftaligiga start beriladi. Bu haqda haftalik tashkilotchilari xabar bermoqda.

Haftalik doirasida o‘zbekistonlik va xorijlik dizaynerlar uchun “Milliy liboslar”, Tashkent Fashion Performance festivallari, yosh dizaynerlar uchun Be young ko‘rik tanlovi va yangi to‘plamlar namoyishlari tashkil etiladi.

Shuningdek, haftalik doirasida o‘zbek matolari va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi ham o‘tkaziladi.

Toshkent moda haftaligining asosiy tashkilotchisi “Osiyo ramzi” O‘zbekiston dizaynerlari assotsiatsiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekipaksanoat” assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkazilayotgan ushbu haftalikda 850 ta to‘plam liboslari namoyish etiladi.

Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda ilk marta “Italiya modasi 60 yoshda” ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Unda Roberta di Camerino, Galitzine, Prada, Giorgio Armani, Brioni va Versace kabi jahonga mashhur brendlar to‘plamlari namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Ko'rishlar soni

532