USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekistonda Yosh kinoijodkorlar kengashi ochildi

Nashr qilingan sana: 13 11 2017

11-noyabr kuni Yoshlar press-klubi zalida Yosh kinoijodkorlar kengashining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi muassisligida tashkil etilgan ushbu nodavlat notijorat tashkilotning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zAning xabar berishicha, yangi tashkilot 31-avgust kuni O‘zbekiston Adliya vazirligida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Marosimda kengash tomonidan bugungacha qilingan ishlar hisoboti berilib, istiqboldagi loyihalar keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillariga taqdim etildi.

Taqdimot marosimida kengashning eng yirik loyihasi bo‘lgan Art House haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbirdan kengash tomonidan suratga olinishi rejalashtirilayotgan “Gildiya” tok-shousi, tashkilot sayti hamda PROlogue yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlari festivalidan o‘rin olgan pitching-taqdimoti o‘rin oldi.

Ko'rishlar soni

129