USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbek taomlari dunyoning eng shirin taomlaridan biri deb topildi

Nashr qilingan sana: 01 11 2017

Bokuda bo‘lib o‘tgan Butunjahon pazandachilik kuni doirasida O‘zbekiston milliy taomlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi bilan bir qatorda Xitoy va Turkiya elchixonalari, shuningdek, mezbon davlatning ko‘zga ko‘ringan restoranlari oshpazlari ham milliy taomlarini namoyish etishdi.

Festival mehmonlari palov va boshqa milliy taomlarimizning tayyorlanish jarayoni bilan tanishish va ulardan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning sayyohlik sohasidagi istiqbolini ommalashtirish maqsadida hunarmand-ustalarning ishlari, milliy liboslar, gazlamalar, chinni buyumlar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi, deb xabar beradi “Jahon” axborot agentligi.

Tadbir davomida o‘zbek taomlari dunyoning eng shirin taomlaridan biri, deb topildi.

Foto: http://jahonnews.uz

Ko'rishlar soni

321