USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Orol dengizi baliqlaridan 112 xil taom tayyorlandi

Nashr qilingan sana: 30 10 2017

Madaniyat vazirligi tomonidan “Orol baliqlaridan 99 turli taomlar” gastronomik festivali tashkil etildi. Shuningdek, respublikada ikki kun davomida “Orol va Mo‘ynoqning qayta tiklanishi” xalqaro ekofestivali, Berdaq va Ajiniyozlarning xalqaro she’r va musiqa festivali ham bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

Tadbirning ikkinchi kuni Mo‘ynoq tumanida davom etdi. Tumandagi “Madeli” OFY hududidagi Ko‘ksuv ko‘li bo‘yida “Orol baliqlaridan 99 turli taomlar” gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari mohir oshpazlar tomonidan tayyorlangan baliq taomlarining, milliy hunarmandchilik, qo‘l mehnati namunalarining ko‘rgazmalari bilan tanishdi. Katerlarda sayohat qilib, san’at ustalarining konsert dasturini tomosha qildi.    

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tanlovga Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati jamoat ovqatlanish korxonalaridan 70 dan ortiq oshpaz, kasb-hunar kollejlarida pazandalik sohasi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlar, uy bekalari o‘zlarining baliqdan tayyorlangan 112 turli taomi bilan qatnashdi.

Bayram tadbiriga yurtimizning barcha joylaridan mehmonlar, xorij davlatlar sayyohlari ham ishtirok etdi.

Ko'rishlar soni

363