Nashr qilingan sana: 27 10 2017
Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri sahnasida “Marvarid izlovchilar” spektaklining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Yorqin ranglarning uyg‘unligi tomoshabinlarni yanada zavqlantirdi. Uch pardali libretto ajoyib sahna bezaklari, yuqori ovoz, jozibali kuylarga boy bo‘ldi.
Voqealar Seylon orolida bo‘lib o‘tadi. Syujet asosiy markazida Zurgi qabilasining sardori, yosh ovchi Nodir va go‘zal Leylalarning sevgi uchburchagi turadi. Qachonlardir yaqin do‘st bo‘lganlar endi dushmanga aylanadi. Voqealar zanjiri tomoshabinni o‘ziga jalb etadi va unda kishilar o‘rtasidagi do‘stlik, hasad kabilar namoyon bo‘ladi. Asosiy qahramonlarning fe’l-atvori turlicha bo‘lsa ham, ularni bir tuyg‘u — sevgi bog‘lab turadi. Qahramonlar baxt yo‘lida turfa to‘siqlarni yengib o‘tishadi.
Ushbu namoyish Davlat akademik katta teatrining yetakchi solisti, O‘zbekiston Xalq artisti Samandar Alimovning debyut spektaklidir. Nodir obrazida u “Oqshom oy nurida”ni ijro etdi va aynan ushbu qismdagi ijro eng omadli chiqish sifatida barchaga birday ma’qul keldi.
Yevgeniya Yun.