USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“Buxoro shahri kuni” festivali o‘tkazildi

Nashr qilingan sana: 25 10 2017

22-oktabr kuni Buxoro shahrida “Buxoro shahri kuni” festivali o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Festivalning ochilish marosimida viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirok etdi. Hokim boshchiligida shahar madaniy markazidagi “Boqiy Buxoro” monumentiga gul qo‘yilib, festival doirasida 14ta ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Festivalni tashkil qilishdan asosiy maqsad Buxoro shahrini yanada obod va ko‘rkam etish, uni dunyoga yana bir karra ko‘z-ko‘z qilish, o‘zbek xalqining boy milliy-madaniy merosi, an’ana va qadriyatlariga yana bir marotaba ehtirom ko‘rsatishdan iboratdir.

“Buxoro shahri kuni” festivali har yili oktabr oyining uchinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilab olindi.

Ko'rishlar soni

414